07 iyu 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin vs Alvares. Jang manzili malum bo'ldi
“Yil jangi” deya etirof etilayotgan Gennadiy Golovkin hamda Saul Alvares o'rtasidagi chempionlik jangi o'tkaziluvchi joy nomiga oydinlik kiritildi.
Unga ko'ra, ushbu chempionlik jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi “Ti-Mobayl Arena”da bo'lib o'tadi. Ushbu arena o'z bag'riga 20 000 tomoshabinni sig'dira oladi.
Bu malumotni sobiq jahon chempioni, ayni paytda taniqli promouter Oskar De La Xoyya ham tasdiqladi. O'rta vazn toifasida qiroli qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi jang 16 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Avvalroq, Alvaresning promouteri bo'lgan De La Xoyya Dallasdagi “AT&T-stedium”, Nyu-Yorkdagi “Medison Skver Garden” hamda Los-Anjeles shahridagi “Dojer-stedium” rahbarlari bilan jangni o'tkazish bo'yicha muzokara olib borgandi.
Havola :
Fikrlar