25 mar 10:20
Yangiliklar
Gonkongliklar Toshkent ob-havosi hamda maydondan shikoyat qilishdi + FOTO
Gonkong terma jamoasi 26 mart, seshanba kuni jahon chempionati saralashi 2-bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi safar uchrashuvini o'tkazadi. Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakati vakillari Toshkentga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan.
HK01 nashri muxbiri Yuan CHji Xao O'zbekiston haqida reportaj tayyorlab, mashg'ulot maydonini tanqid qilgan.
SHuningdek, jamoa mashg'ulotlari paytida osmonda g'alati tutun paydo bo'lgani aytilgan.
Biroq Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Andersen bu raqibning "qaytargan sovg'asi" emasligini takidladi:
"Bu erdagi muhit biz tasavvur qilganimizdan ham yaxshiroq, shuningdek, Erondagi muhitdan ham idealroq. Bu erda ikkita yaxshi mashg'ulot o'tkazdik".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.
Fikrlar