So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

13 fev 07:24
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Gran-prining uchinchi kuni paralimpiyachilarimiz 9 ta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  ParalimpiyaDubay
Xabaringiz bor, shu kunlarda BAAning Dubay shahrida para-engil atletika bo'yicha Gran-pri musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Tokio Paralimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan musobaqaning uchinchi kuni terma jamoamiz uchun ancha omadli o'tdi.

Vakillarimiz navbatdagi kun dasturida 9ta medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. SHulardan 5tasi oltin medal bo'lsa, vakillarimiz yana 1ta kumush va 3ta bronza medallarini jamg'arishdi. 

SHohsupaga ko'tarilgan sportchilarimiz:

Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish F35) – Oltin (Tokio-2020ga licenziyasi mavjud)
Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish F57) – Oltin
Sabina Suxanova (yugurish T37) – Oltin
Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – Oltin
Natalya Semyonova (nayza uloqtirish F55) – Oltin
Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish F42) – Kumush
Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtirish F32) – Bronza
Yorqin Odilov (nayza uloqtirish F57) – Bronza
Farruh Saidxo'jaev (disk uloqtirish T11) – Bronza

Hozirgacha para engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 16 ta medal qo'lga kiritdi.

Bugun Gran-prining to'rtinchi kunida quyidagi sportchilarimiz bahslarga kirishadi:

Mohigul Xamdamova – yadro uloqtirish
Sabina Suhanova – yugurish (100 metrga va 400 metrga)
Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash
Yoquthon Xolbekova – uzunlikka sakrash
Nurhon Qurbonova – nayza uloqtirish
Timur Giyazov – balandlikka sakrash
Miran Saxatov – uzunlikka sakrash
Omad Xasanov – balandlikka sakrash
Kubaro Xakmova – yadro uloqtirish
Maruf Muradullaev – yugurish (1500 metrga)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing