27 okt 19:02
Yangiliklar
Futbol
Grizmann ECHLda "Atletiko" rekordchisiga aylandi
Kecha "Atletiko" CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida "Bayer" bilan uchrashuv o'tkazdi (2:2).
Ushbu bahsda "matraschilar" hujumchisi Antuan Grizmann golli uzatmani amalga oshirdi.
"Opta" malumotlariga qaraganda, hujumchi CHempionlar Ligasida Madrid klubi uchun rekord o'rnatdi. 31 yoshli franciyalik futbolchi kamida o'nta gol urgan va kamida o'nta golli uzatmani amalga oshirgan "Atletiko"ning birinchi futbolchisi bo'ldi. Antuan CHempionlar Ligasida umumiy 26 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.
Qo'shimcha qilamizki, Madrid klubi CHempionlar Ligasidan muddatidan avval chiqib ketdi va so'nggi turda Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
Havola :
Manba : Opta
Fikrlar