13 may 06:47
Yangiliklar

Gubernator kubogi g'oliblari poytaxtda tantanali kutib olindi
Musobaqada jahonning 20ga yaqin mamlakatidan 120dan ziyod charm qo'lqop ustasi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. O'ninchi marotaba tashkil etilgan turnirda O'zbekiston terma jamoasi bokschilari uchta oltin medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
Kecha oqshom ana shu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa yakuniga ko'ra bokschilarimizdan Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag'lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.
Fikrlar