14 okt 16:40
Yangiliklar
Gulbahor Fayzieva: "Argentinaga borishdan maqsadim oltin medal qo'lga kiritish edi"
U Milliy olimpiya qo'mitasining Matbuot va media departamentiga bergan intervyusida Argentinaga aynan shuning uchun borganligini takidlab o'tdi.
"Olimpiya o'yinlari oldidan oldimga faqatgina bir maqsadni qo'ygandim - chempion bo'lish! Oltindan boshqa variantlarni o'ylab ham ko'rmagandim. Beshta bahs ketma-ket bo'lgani qiyinchilik tug'dirdi. Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda odatda ko'pi bilan ikkita poyga o'tkazilardi. Birinchi chiqishdan so'ng 1,5 soat dam oldim. Keyingi start oldidan esa 3 soat vaqt bo'ldi. Undan keyingi bahslarda esa tanaffus bor-yo'g'i 30 daqiqani tashkil etdi. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. O'z maqsadimga etisha oldim. Bundan juda faxrlanaman. Iroda, xarakter va intilish - muvaffaqiyatning asosiy omilidir", - dedi sportchi.
Fikrlar