06 okt 11:59
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola afsonaviy Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL rekordini o'rnatdi.
Kecha "shaharliklar" APLning 7-turida "Brentford"ni mag'lub etdi. Bu ispaniyalik mutaxassisning APLdagi 250-g'alabasi bo'ldi. Gvardiola ushbu natijaga erishishi uchun jami 349 ta uchrashuv kerak bo'ldi.
SHu tariqa, Pep "Manchester Yunayted"ning afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyusonga tegishli rekordni yangiladi. SHotlandiyalik murabbiy 250 talik marrani zabt etishi uchun 404 ta uchrashuv kerak bo'lgan.
Havola :
Fikrlar