17 sen 08:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/19197_220.jpg)
Hakamlar hamyurtimizdan chuqur nokdaunga uchragan Postolga g'alabani taqdim etishdi
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tdi. Faoliyatida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jamshid Najmiddinov yarim o'rta vazn toifasida sobiq WBC chempioni ukrainalik Viktor Postolga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Beshinchi raundda Jamshid o'zining kuchli zarbasi bilan Postolni chuqur nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Lekin vaziyatdan chiqib keta oldi.
Hakamlar 10 raundlik
jang yakunida 97:92, 97:92, 98:92 hisobida bahsli g'alabani mezbon bokschiga
taqdim etishdi. Postol so'nggi bor 2016 yilning iyulida ringga chiqqan va o'shanda o'z
chempionlik kamarini hozirda mutloq jahon chempioni bo'lgan amerikalik Terens
Krouffordga yutqazgandi.
Malumot uchun, Najmiddinov
kechagi janggacha 14 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongandi. Hisobida
9ta nokaut bor edi. Viktor Postol esa 29 ta jangdan 28 tasida g'alabaga erishgandi.
Fikrlar