So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

11 fev 12:57
Yangiliklar

Futbol

Hakim Fuzaylov: "AGMKda o'zgarishlar juda katta"

OCHL pley-off doirasidagi AGMK - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi va sardori ishtirok etdi.

"Avvalo yaxshi qabul uchun rahmat aytaman. Barchasi ajoyib, mashg'ulot maydoni taqdim etishdi. Olmaliq shahri klubini oldindan bilaman, biroq bilishimcha jamoa tarkibi tubdan yangilangan. SHunga qaramay qiziqarli futbol ko'ramiz deb o'ylayman", - dedi Hakim Fuzaylov.

"Bizni O'zbekistonda yaxshi kutib olishdi. Barcha yigitlar ertangi bahsga tayyor. G'alaba qozonishga umid qilamiz", - dedi Fatxullo Fatxulloev.

- Jamoadagi selekciya ishlaridan ko'nglingiz to'ldimi?

- Hozirda jamoada bor yigitlardan ko'nglim to'lgan. Ammo selekciya ishlari davom etmoqda. Istalgan murabbiyga futbolchi etishmasligi odatiy hol.

- Siz "Lokomotiv" klubidagi faoliyatngiz orqali O'zbekiston chempionati bilan tanishsiz. AGMKning kuchini qanday baholaysiz?

- Albatta bu yurtda ishlaganman. Ammo bunga ancha yillar bo'ldi. AGMK klubida o'zgarishlar juda katta bo'ldi. Ularning tarkibida juda kuchli futbolchilar bor. Qiziqarli o'yin bo'lishini kutayapman.

- Osiyo chempionlar ligasida pley-off bahslari bir o'yindan iboratligiga munosabatingiz qanday?

- "Lokomotiv" bilan bunday holatni boshdan kechirganman. Ammo futbol shunday o'yinki, qaerda o'ynashning farqi yo'q. Faqatgina buning bitta kamchiligi bor. Futbol muxlislar uchun, ammo ertaga bizning muxlislar o'yinni televizor orqali ko'rishga majburlar. OFK shu tomonini o'ylab ko'rmagan deyish mumkin xolos.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing