01 fev 12:26
Yangiliklar
Futbol
“Istiqlol”: Masharipov operaciya qilindi
Eronning “Istiqlol” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov operaciya qilindi.
“Jaloliddin Masharipov jarohatdan so'ng davolanish uchun chet elga yuborildi va operaciya qilindi.
Masharipovga sog'lik va maydonga ajoyib qaytishni tilab qolamiz”, — deb yozdi fors klubi matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ futbolchisi bunga qadar jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan va 1 yanvarda maydonga qaytgandi. Masharipov o'sha o'yinda zaxiradan maydonga tushib, so'ngra yana almashtirilgandi. Futbolchi o'yindan so'ng jarohat olmaganini malum qilgandi.
Hozircha o'yinchining qancha vaqtga safdan chiqqani nomalum.

Havola :
Fikrlar