27 jan 16:32
Yangiliklar
Xitoy kompaniyasi dastlabki qiymati 43 mln dollar sarmoya bilan "Istiqlol" stadionini kengaytirish bo'yicha loyiha taqdim etdi + FOTO
Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Farg'ona shahrida joylashgan "Istiqlol" stadionini rekonstrukciya qilish va kengaytirish bo'yicha loyiha taklifi muhokama qilindi.
Muloqot chog'ida mamlakatimizda, jumladan, Farg'ona viloyatida ham futbolni rivojlantirishga katta etibor qaratilayotgani alohida takidlandi. Markaziy stadionni eng zamonaviy talablar va jahon standartlariga mos holda barpo etish, uni yirik futbol majmualaridan biriga aylantirish maqsad qilingani qayd etildi.
Viloyat hokimi taqdim etilgan takliflar bilan tanishib, loyihalarni yanada takomillashtirish va hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishildi. Suratdan ko'rish mumkinki, loyihaning dastlabki qiymati 43 mln dollarni tashkil qiladi.



Fikrlar