11 fev 16:00
Yangiliklar
Futbol
Hojiakbar Alijonov "Paxtakor"da qoldi: Yangi shartnoma 2027 yil yakunigacha
"Paxtakor" jamoasi o'z tarbiyalanuvchisi va asosiy tarkibning muhim futbolchilaridan biri bo'lgan Hojiakbar Alijonov bilan hamkorlikni davom ettiradi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Toshkent klubi bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
"SHerlar" o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov bilan kelishuvni 2027 yil oxiriga qadar uzaytirishdi. 2018 yildan buyon asosiy jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchining ko'rsatkichlari tahsinga loyiq:
Superliga statistikasi: 166 ta o'yin va 8 ta gol.
Umumiy ishtirok: Barcha musobaqalarda 234 ta uchrashuv va 11 ta gol.
Yutuqlari: 5 karra O'zbekiston chempioni, 3 karra O'zbekiston Kubogi sohibi, 2 karra Superkubok va bir bor Liga Kubogi g'olibi.

Havola :
Manba : "Пахтакор" матбуот хизмати
Fikrlar