22 noy 15:26
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" Bishkek klubini 16:1 hisobida mag'lub etdi
Kamtargina bo'lib qolgan "Humo" xokkey klubi O'zbekiston Ochiq chempionati doirasida navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.
Poytaxtimizdagi "Humo Arena" ko'ptarmoqli kompleksining kichik muz arenasida o'tgan uchrashuvda "qanotlilar" Bishkek shahrining "Alga" klubini qabul qilib, yirik 16:1 hisobida zafar quchishdi. Ertaga bu jamoalar o'rtasida yana bir o'yin o'tkaziladi.
9-10 noyabr kunlari jamoalarning Bishkek shahrida o'tgan har ikki uchrashuvida ham "Humo" 14:1 va 12:2 hisoblardagi yirik g'alabani tantana qilgandi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar