05 jan 12:16
Yangiliklar
Futbol
Husniddin Aliqulov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin
"Rizespor" himoyachisi Husniddin Aliqulov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin.
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi "Trabzonspor"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Aliqulov "Rizespor" safida 2023 yilning yozidan beri harakat qilib keladi. Himoyachi joriy mavsum 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.

Havola :
Fikrlar