So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

22 iyu 14:38
Yangiliklar

Kamondan otish

“Ichan qala”da etnosport festivali bo'lib o'tadi

Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari qadimiy Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy o'yinlar etnosport festivali” o'tkaziladi.

Kuni kecha Xiva shahriga turkiyalik mehmonlar tashrif buyurib, mazkur festivalga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishishdi. O'z navbatida shaharning qadimiy obidalaridan biri - Nurullaboy majmuasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok qilishdi. 

Xususan, mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, O'zbekiston Respublikasi Innovacion rivojlanish vaziri o'rinbosari Oybek Norinboev, O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imamov, Butunjahon etnosport Konfederaciyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog'an, Turkiya o'qchilar vaqfi rahbari Haydarali Ildiz qatnashdi.  

Binobarin, matbuot anjumanida ilk bor uyushtirilayotgan mazkur etnosport festivali kamondan otish musobaqalari va milliy o'yinlardan tashkil topganligi, ishtirokchilarining yoshi chegaralanmaganligi va unda ming nafardan oshiq sportchining qatnashishi takidlandi. Festivalni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa yo'qolib borayotgan milliy o'yinlarni qayta tiklash va ularni kelgusi avlodlarga etkazishga qaratilgan.

Matbuot anjumani chog'ida ommaviy axborot vositalari  xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar olishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xiva shahridan

Suratlar Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing