09 mar 12:26
Yangiliklar
Ikki futbolchi uchun 100 mln. "Real" yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlarini belgilab oldi
"Onda Cero" malumotlariga ko'ra, klub ikki nafar futbolchini xarid qilish uchun taxminan 100 million evro ajratishga tayyor.
"Real" Antonio Ryudiger va David Alabani almashtira oladigan markaziy himoyachi qidirmoqda. Ikki futbolchining ham shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va ularning Ispaniya poytaxtini tark etish ehtimoli kun sayin ortayotgani qayd etilmoqda.
"Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya"si himoyachisi Niko SHlotterbekka, shuningdek, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga ko'z tikkan.
Xabar qilinishicha, "Real" kelasi yozda ushbu transferlar uchun taxminan 100 million evro sarflamoqchi. Biroq transfer bozoridagi keyingi faollik amaldagi tarkib futbolchilaridan kimdir sotilishiga chambarchas bog'liq.

Fikrlar