30 may 14:21
Yangiliklar

Ikki tennischimiz M15 Tashkent 2 turnirning 1/2 finaliga chiqdi
M15 Tashkent 2 turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lib, unda bir necha nafar tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishyapti. Ulardan ikki nafari yarim finalga etib keldi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin roppa-rosa 1 soat davom etgan 1/4 finalda ATP reytingida 1948-pog'onada borayotgan rossiyalik Anton CHexovni 6/2, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Fomin dunyoning 453-raketkasi bo'lib turibdi.
To'rtinchi raketkamiz Maksim SHin esa reytingda o'zidan salkam 200 pog'ona yuqorida borayotgan hindistonlik Madhvin Kamatni 6/2, 6/3 hisobida dog'da qoldirdi. SHin kecha 1/4 finalda o'zidan 400 pog'ona yuqorida turgan boshqa bir hind tennischisi Bxarat Kumarandan ustun kelgandi - 6/3, 6/3.
Afsuski, uchinchi raketkamiz Amir Milushev 1 soatu 55 daqiqalik 1/4 final bahsida reytingda o'zidan 436 o'rin tepada turgan italiyalik Lorenco Lorussoga 3/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berdi. Milushev kecha 1/4 finalda reytingda 655 pog'ona yuqorida borayotgan rossiyalik Aristarx Safonovni 4/6, 6/2, 6/4 hisobida mag'lub eta olgandi.
Fikrlar