09 iyu 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki vazn chempioni homiladorlik sabab tatilga chiqadi
Ikki vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunes rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Braziliya chempion jamoadoshi, sparring hamkori, xonadoshi, UFC jangchisi Nina Ansaroffning homiladorligi sabab rejadan tashqari sport tatili oladi.
"Albatta, tanaffus olishim shart. Qizaloq uch oydan keyin dunyoga keladi. Yangi mehmonning xonasini jihozlashimiz, tayyor holatga keltiribi qo'yishimiz kerak. Farzandim dunyoga kelishini sabrsizlik bilan kutyapman", — deya Nunesning so'zlarini keltirmoqda Bjpenn.
Eslatib o'tamiz, Nunes ikki kun avval o'tkazilgan UFC 250 turnirida kanadalik raqibasi Felisiya Spenserni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan va yarim engil vazndagi chempionlik kamarini himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar