07 iyu 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki vazn UFC chempioni bugungi jangi uchun qancha gonorar oldi?
Xabar berganimizdek, bugun tongda Las-Vegas shahrida UFC 250 turniri bo'lib o'tgan edi.
Oqshomning markaziy jangi ishtirokchisi, ikki vaznda amaldagi UFC chempioni Amanda Nunes kanadalik davogar Felisiya Spenserga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibasini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qilgan braziliyalik sportchi bugungi g'alabasidan umumiy 450 ming dollar ishlab oldi. SHundan 350 ming dollari uning sof gonorari bo'lsa, qolgan 100 mingi g'alabasi uchun taqdim etildi. Mag'lubiyatga uchragan Felisiya esa 200 ming dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar