29 fev 08:04
Yangiliklar
Tennis
Ikkinchi setda match-bol holatidan chiqib ketgan Jokovich yakunda finalga yo'l oldi
BAAning Dubay shahrida davom etayotgan nufuzli ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Kecha oqshom o'tkazilgan uchrashuvlardan so'ng turnirning final ishtirokchilari malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich franciyalik Gael Monfisga qarshi murakkab kechgan yarim final uchrashuvini o'z foydasiga hal qila oldi.
Serbiyalik raketka ustasi ikkinchi setning tay-brekida match-bol holatidan chiqib ketdi. Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan bahs yakunida reytingning to'qqizinchi pog'onasidan joy olgan Monfisni 2/6, 7/6(8), 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 18:1!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar