06 noy 13:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/94026_220.jpg)
Imer Yakuniy turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Italiyaning Milan shahrida 21 yoshgacha bo'lgan dunyoning sakkiz nafar eng kuchli yosh tennischilari ishtirokidagi yilning Yakuniy turniri start oldi.
Dunyo reytingida 73-pog'onadan joy olgan shveciyalik Mikael Imer guruh bosqichining ilk uchrashuvida dunyoning 55-raketkasi franciyalik Ugo Umberga qarshi kortga chiqdi va raqibini 4/3(2), 1/4, 4/2, 4/1 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 1 soatu 41 daqiqa davom etgan. Bu vaqt oralig'ida 21 yoshli Imer 4 ta, uning tengqur raqibi esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar