12 mar 11:32
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells (ATP): Jokovich 109-raketkaga yutqazib qo'ydi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda AQSHning Indian-Uels shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 8 million 909 ming 960 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning ikkinchi davrasida kutilmagan natija qayd etildi. Jarohati sabab o'tgan mavsumni deyarli o'tkazib yuborgan Novak Jokovich ilk uchrashuvidayoq yutqazib qo'ydi.
Serbiyalik raketka ustasi saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan yaponiyalik Taro Denielga qarshi kortga chiqdi. Dunyoning 13-raketkasi bo'lib turgan Jokovich ATP reytingida 109-pog'onada borayotgan Denilga 2 soatu 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:7 (3), 6:4, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Fikrlar