14 mar 12:58
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells (ATP). Medvedev Grigor Dimitrovdan ustun keldi
Indian-Uells "Masters" turnirida 1/4 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev Paribas Open turnirining to'rtinchi davrasida ATP reytingida 13-o'rinni egallab turgan bolgariyalik tajribali Grigor Dimitrovni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. .
Tennischilarning o'zaro o'ninchi uchrashuvidan so'ng hisob Daniil foydasiga 7:3 ko'rinishiga keldi. Etmish etti daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 5, Dimitrov 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Rossiyalik tennischi faoliyatida 18-marotaba "Masters" turnirining chorak finalida o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar