12 mar 18:13
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells. Jahonning sakkizinchi raketkasi startdayoq yutqazib qo'ydi
Sayyoramizning sakkizinchi raketkasi Karolina Plishkova turnirning ikkinchi davrasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
CHexiyalik tennis malikasi WTA reytingida 71-o'rinni egallab turgan chernogoriyalik Danka Kovinichga 6/2, 5/7, 4/6 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuv 2 soatu 29 daqiqa davom etgan.
O'yin davomida 29 yoshli Plishkova 11 ta eys zarbani amalga oshirdi, to'pni o'yinga kiritishda etti marta xatoga yo'l qo'ydi va oltita breyk-poynt qayd etdi. 27 yoshli Kovinich esa uch marta eysni amalga oshirib, ettita qo'shxatoga yo'l qo'ydi va oltita breyk-poyntga ega bo'ldi. Bu tennischilarning birinchi rasmiy uchrashuvi edi.
Kovinichning Indian-Uells turniridagi navbatdagi raqibi rossiyalik Lyudmila Samsonova yoki amerikalik Enn Li bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar