19 mar 16:44
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells. Mariya Sakkari amaldagi chempionni mag'lub etib, finalga yo'l oldi
Mavsumning ilk "Masters" turniri ayollar o'rtasidagi bahslarda finalga chiqqan ikkinchi tennischining nomi malum bo'ldi.
Jahonning oltinchi raketkasi Mariya Sakkari Indian-Uellsdagi musobaqaning 1/2 finalida WTA reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Paula Badosaga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 49 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mariya Sakkari turnirning amaldagi g'olibasini 6/2, 4/6, 6/1 hisobida mag'lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi. Tennischilar o'rtasidagi o'zaro o'yinlarda hisob tenglashdi-1:1.
CHempionlik uchun Sakkari polshalik Iga Svyontek bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar