18 mar 09:12
Yangiliklar

Indian-Uells "Masters" turniri chempioni aniqlandi
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi hamda to'rtinchi raketkalari - ispaniyalik Karlos Alkaraz va Daniil Medvedev o'zaro to'qnash kelishdi. Bir yuz ikki daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 7/6(5), 6/1 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.
Ispaniyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni o'z foydasiga - 4:2 ko'rinishiga keltirdi. Ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini ijro etgan. Qo'shxatolar Medvedevda 3 ga 1 ko'rinishida ko'proq bo'ldi. Breyklar esa xuddi shu hisobda Alkaraz foydasiga hal bo'ldi.
Etiborlisi, o'tgan yilgi finalda ham Medvedev aynan Alkarazga yutqazib qo'ygandi. Karlos faoliyatidagi 13-sovrinni qo'lga kiritdi. "Masters"dagi chempionlik titullari soni esa 5 taga etdi. CHempionlik unvonini himoya qilgan Alkaraz 1000 reyting ochkosi hamda 1,100,000 dollar mukofot puli ishlab oldi. Medvedev esa 650 ochko va 585,000 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar