19 may 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Inoue IBF chempionini nokautga uchratdi va finalga yo'l oldi
Yaponiyalik 26 yoshli bokschi Naoya Inoue SHotlandiyaning Glazgo shahrida o'tkazilgan boks oqshomida ajoyib g'alabaga erishdi.
Engil vazn toifasi vakili hisoblangan Inoue ikkinchi raundda IBF chempioni Emmanuel Rodrigesni nokauitga uchratib, Butunjahon boks superseriyasining ikkinchi finalchisiga aylandi.
Rodriges birinchi raundni yaxshi o'tkazdi. Lekin ikkinchi raundda ketma-ket uch bor nokdaun holatiga tushib qoldi. Natijada referi jangni to'xtatdi. Endi Inoue finalda WBA chempioni Nonito Donerga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar