07 noy 21:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Inoueni mag'lub etgan Nordin Ubali kamarini himoya qildi
Bugun Yaponiyada navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda WBC chempioni, franciyalik Nordin Ubali davogar bokschi Takuma Inouega qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. To'rtinchi raundda Ubali raqibini nokdaun holatiga tushirdi. O'n ikkinchi raundda esa aksincha o'zi qiyin vaziyatga tushib qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 120-107, 117-110, 115-112 hisobida amaldagi chempionning g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar