03 fev 09:45
Yangiliklar
Futbol
"Inter" B Seriyadan futbolchi sotib oldi
Milanning "Inter" klubi "Modena" vakili Yanis Massolenning transferini yakunladi.
23 yoshli francuz yarim himoyachisi milanliklar bilan 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Avvalroq tarqalgan malumotlarga ko'ra, ushbu kelishuv "neradzurri"ga 3,5 million evroga tushgan.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, bo'yi 197 sm bo'lgan ushbu futbolchi mavsum yakuniga qadar "Modena" safida ijara asosida qoladi va B Seriyadagi ishtirokini davom ettiradi.
Malumot uchun, Massolen joriy mavsum Seriya Bda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Havola :
Fikrlar