11 may 13:01
Yangiliklar
Futbol
"Inter" etakchilaridan biri jamoada qolishini malum qildi
Himoyachi Milan SHkrinyar "Inter"da qolmoqchi.
"OAVda tez-tez kelajagim borasida mish-mishlar chiqadi, ammo men hech qachon ularni va izohlardagi yozuvlarni o'qimayman. Men hech qaerga ketmoqchi emasman.
Men hozir shunchaki chempionlikdan zavqlanishim, mavsum so'nggida esa Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rishim kerak.
"Inter"da kelasi mavsum ham qolamanmi? Ha, albatta, hatto bu muhokama ham qilinmaydi", - deydi SHkrinyar.
26 yoshli slovak joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. SHkrinyarning "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar