31 jan 11:44
Yangiliklar
Futbol
"Inter" "Liverpul” yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
Italiyaning "Inter" klubi 25 yoshli angliyalik yarim himoyachi Kertis Jonsni ijaraga olish haqida o'ylamoqda.
Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano yozmoqda.
Jurnalistning yozishicha, milanliklar David Frattezi "Nottingem"ga o'tgan taqdirda transferni amalga oshirmoqchi. "Inter" sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini imzolamoqchi.
Yana bir insayder Pol Joysning takidlashicha, "Liverpul” qishki mavsumda Jons va boshqa futbolchilarning transferini maqullamaydi. Joysning malum qilishicha, mersisaydliklar mavsum oxirigacha tarkibni to'liq saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Havola :
Fikrlar