06 mar 14:24
Yangiliklar
Futbol
"Inter Mayami" yangi stadioni ochilish sanasini elon qildi
So'nggi vaqtlarda "Inter Mayami" muxlislar Lionel Messi va uning jamoadoshlarini yanada qulay sharoitda tomosha qilishi uchun yangi stadion qurilishi bilan band edi.
Qurilish ishlari deyarli yakunlangan, chunki arena yaqin kunlarda o'z eshiklarini ochadi.
3 mart kuni "qarqurlar" Floridada stadion nomiga oid tijoriy huquqlarni sotish masalasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazdi. Ana shu tadbirda arenaning ochilish sanasi 4 aprel deb elon qilindi.
Aytish joizki, jamoa 4 aprel kuni muntazam chempionat doirasida "Ostin"ni qabul qiladi. SHu bois, aynan shu o'yin yangi stadionning ochilish uchrashuvi bo'lishi ehtimoli katta.

Havola :
Fikrlar