10 may 22:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldorov "Gubernator kubogi" finaliga yo'l oldi
Sankt-Peterburgda boks bo'yicha "Gubernator kubogi" bahslari qizg'in davom etmoqda.
Biroz avval -69 kg vazn toifasidagi bokschimiz Iqboljon Xoldorov rossiyalik Andrey Kirichenkoga qarshi jang o'tkazdi.
Bokschimiz jangni juda ajoyib olib bordi. Piterdagi arenaga yig'ilgan o'zbekistonlik muxlislarning qo'llab-quvvatlovi esa jangga yanada shiddat bag'ishladi.
Jang yakunlariga ko'ra, to'liq tashabbusga ega bo'lgan Xoldorov raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Jangdagi har besh nafar hakam bokschimizning 30:27 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar