14 iyu 11:38
Yangiliklar

Iqror! Zarrux Adashev mag'lubiyatiga izoh berdi
Biz uchun ahamiyatlisi, uning doirasida ikkinchi o'zbekistonlik sportchi UFC promoushenida o'z jangini o'tkazdi. Samarqandlik Zarruh Adashev o'zi uchun hayajonli jangda amerikalik Tayson Nemga birinchi raundning 32-soniyasida imkoniyatni boy berdi.
"Zarba o'tkazib yubordim va buning natijasi mag'lubiyatga uchradim. Hech qanday bahona hamda o'zimni oqlash niyatida emasman. Raqib bilan uch raund to'liq jang o'tkazish uchun imkoniyatim juda past edi. Jangga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt kam bo'ldi. Jangdagi imkoniyatim ellikka ellik vaziyatda edi. Boshqa tomondan men Taysonga qulay raqib ham edim. U ham strayker edi. Bugungi mag'lubiyat uchun murabbiylarim, ishonchlarini oqlay olmagan insonlardan uzr so'rayman. Kuchli bo'lib qaytishga vaada beraman", - dedi Adashev.
Fikrlar