So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

01 fev 11:52
Yangiliklar

Tennis

Iroda To'laganova kichik orzusiga erishgani, bo'lajak o'yin va Toshkentda yana ATP yoki WTA turnirlari o'tkazilishi mumkinligi haqida gapirdi

Teglar :  Iroda To'laganova
O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi Iroda To'laganova Olamport.com saytiga kichik intervyu berdi.

Sobiq tennischi bo'lajak O'zbekiston - Polsha o'yini va boshqa mavzular haqida gapirdi.

- Polshaga qarshi o'yin oldidan tarkibimiz, imkoniyatlarimiz haqida nima deya olasiz?

"Men o'zimning kichik orzuim ushalganidan xursand ekanimni ayta olaman. Biz O'zbekistonda ilk bor "Humo arena"da tennis musobaqasi, "Devis kubogi" o'yinini o'tkazyapmiz. Bu biz uchun, tennis uchun juda muhim. Va biz Polshadek terma jamoa bilan uchrashyapmiz, polshalik tennischilar juda tajribali. Bizning yigitlar ham shunday, ular motivaciyaga to'lib turibdi. O'ylashimcha, bizni yaxshi natija kutmoqda".

- O'yin oldidan muxlislarni jalb etish maqsadida qanday ishlar amalga oshirildi?

"Birinchi navbatda, ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab postlar chiqarildi. Lekin shuni aytishim mumkin-ki, bizda tennisni sevuvchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning o'zlari tennis o'ynashadi, stadionlarga borishadi. Ular "Devis kubogi"ning "Humo arena"da o'tkazilishini eshitishganda, juda katta ajiotaj bo'ldi. Barcha tezroq kelishni va terma jamoani qo'llab-quvvatlashni xohladi. Albatta, odamlar bir-biri bilan muhokama qilish orqali ham reklama qilishi mumkin". 

- Polsha terma jamoasi tarkibi, jumladan, dunyoning sakkizinchi raqamli raketkasi Hubert Hurkach haqida qanday fikrdasiz?

"U juda yaxshi o'yinchi. Bir hafta oldin Avstraliya ochiq chempionatida ham yaxshi natija qayd etganini bilamiz. U hozir dunyo reytingida sakkizinchi o'rinni egallagan holda top-10da ketmoqda. O'ylashimcha, u bilan o'ynash juda qiyin bo'ladi. CHunki u juda tajribali va kuchli o'yinchi. Lekin bizning yigitlarning avval aytganimdek, yo'qotadigan narsasi yo'q, motivaciyaga ega. CHunki ular Toshkentda, birinchi bor "Humo arena"da, minglab muxlislar qarshisida o'ynashadi. Ularni qo'llab-quvvatlab, muxlislik qilamiz va ular yaxshi natija ko'rsatadi".

- Mavzudan tashqari savol bermoqchiman. O'zbekistonda o'tgan yili o'smirlar o'rtasidagi turnirlar soni ancha ko'paydi, bu yil ham yangilari qo'shildi. Qachon ATP yoki WTA turkumidagi turnirlarni yana ko'rishimiz mumkin?

"Ha uzoq vaqt davomida pandemiya tasiri kuchli bo'ldi. SHuning uchun, bizning federaciyamizdan professional turnirlarni tashkil etishda biroz vaqt kutish talab qilindi. SHu sababli, biz faqat o'smirlar o'rtasidagi turnirlarni yo'lga qo'ydik. Lekin hozir, biz bor etiborimizni bu yil yoki keyingi yil ATP Challenger yoki ITF Fyuchers turnirini tashkil etishga qaratdik. Yigitlar yana qaytadan professional turnirlarda ishtirok etishi uchun. O'ylashimcha, biz "Humo arena"da "Devis kubogi"ni o'tkazishga erishdikmi, demak, tez orada ATP va WTA turnirlarini ham qaytadan tashkil etamiz", - dedi To'laganova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing