So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

21 jan 08:18
Yangiliklar

Boshqalar

Ishchi guruh Navoiy viloyatining sport infratuzilmasini o'rganmoqda

Teglar :  Navoiy
Ishchi guruh Navoiy viloyatining sport infratuzilmasini o'rganmoqda.
Xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasi topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O'zbekistonda 2025 yil yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish to'g'risida”gi qarorlari ijro holatini o'rganish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi masul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzilib, joylardagi vaziyatni o'rganmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Bosh mutaxassisi, Ishchi guruh rahbari Z.Tadjibaev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari A.Karimov, MOQ raisi o'rinbosari SH.Tashmatovlardan iborat guruh hozirda Navoiy viloyatining bir qator hududlarini o'rganib chiqishmoqda.

Navoiy mamlakatimizda hududi jihatdan eng katta, iqtisodiy salohiyati yuqori, biroq aholi soni jihatdan pastki o'rinlarda turuvchi hudud hisoblanadi. Mutasaddilar o'rganishlar davomida bu kabi jihatlarga ham alohida etibor qaratib o'tishmoqda. Boisi sport bilan shug'ullanuvchi yoshlar bazi hududlarda uylaridan mashg'ulot zaligacha bir necha kilometr masofalarni bosib o'tishi kerak. Viloyat hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari aholiga qulaylik yaratish maqsadida o'sha hududlar uchun eng qulay nuqtalarda yangi, zamonaviy sport inshootlarini qurish, mavjudlarini tamirlash kabi masalalarni ko'rib chiqishmoqda.

Ayni paytda ishchi guruh azolari Navoiy shahridan tashqari viloyatning Qiziltepa, Tomdi tumanlarida ham bo'lishib, ushbu hududlarda sport bilan shug'ullanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud sport obektlari haqida o'rganishlar olib borishmoqda. Rejaga ko'ra, safar davomida viloyatning chekka hududlariga borish, u erlardagi vaziyat bilan ham yaqindan tanishish ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing