20 iyu 13:53
Yangiliklar
Sport millatni ulug'laydi. Olimpiya umidlari oramizda
Bokschilar, og'ir atletikachilar, futbolchilar, shaxmatchilar... Xullas, yurtdoshlarimiz xalqaro maydonlardagi g'alabalari ishqibozlarni xursand qilishmoqda. Vatanimizga dunyo tan berayotir! Bu esa barcha murabbiy vasportchilar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Ayniqsa, o'zbek sportida o'zining yaxshi ananalariga ega bo'lgan Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mehnat jamoasi yangicha ishtiyoq og'ushida.

Hozirgi kunda mazkur markazda sportning 27 ta turidan 450 nafardan ortiqo'quvchi-sportchi tahsil olmoqda. SHundan 139 nafari qizlar ekani hududda nafaqat sport yutuqlari, balki sog'lom avlod kamoloti yo'lidagi muhim qadam qo'yilganiga ishora.
Bu sportsevar yoshlarga 64 nafar murabbiy chempionlik sirlarini ulashayotgan bo'lsa, ularning 33 nafari oliy, 25 nafari birinchi, 1 nafari ikkinchi, 5 nafari esa mutaxassis trenerlardir.
Bevosita natijalarga etibor qaratadigan bo'lsak, 2025 yil davomida o'quvchi-sportchilar tomonidan sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida 137 ta oltin, 133 ta kumush, 132 ta bronza, jami 402 ta medalqo'lga kiritildi.

Osiyo chempionati va kubogi musobaqalarida 10 ta oltin, 8 ta kumush, 10 ta bronza, jahon chempionati va kubogi musobaqalarida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza sharafiga Vatanimiz bayrog'i sarbaland bo'ldi.
SHuningdek, MDH o'yinlarida 2 ta kumush, 3 ta bronza, Yoshlar Osiyo o'yinlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush, Yoshlar para Osiyo o'yinlarida 2 ta kumush, 1 ta bronza va boshqa xalqaro turnirlarda 10 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza medali navoiylik yoshlar ko'ksini bezadi. Umumiy hisobda 160 ta oltin, 153 ta kumush, 152 ta bronza, jami 465 ta medali ortida qanchalik og'ir mehnat turganini tasavvur qilish qiyin emas.
Har bir musobaqa oldidan o'tkaziladigan kuchaytirilgan mashqlar, o'quv-mashg'ulot yig'inlari davomida murabbiylar sportchilarning xato va kamchiliklarini bartaraf etish ustida ishlashadi. Ularni musobaqaga jarohat olmasdan, sog'-omon holda tayyor bo'lishi ham juda muhim.

— Yutuqlar ortida sportchining kuchli ishtiyoqi, iqtidori va murabbiylarning tajribasi, mehnati yotadi, — dedi biz bilan suhbatda Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Beknazar Qurbonov. — Yurtimizda sportga katta etibor berilayotgani, terma jamoalarimizga munosib o'rinbosarlar tayyorlab berish majburiyati bizni qayta va qayta o'zishimizni tahlil qilishga, o'quvchi yoshlarning tez-tez musobaqalarda ishtirokini taminlashga, ularning natijalarini yaxshilab borishga undaydi.
Jumladan, o'tgan yili ko'p bosqichda tashkil etilgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari ham yangi iqtidorlarni kashf etishda, sportning ommaviyligini oshirishda katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur Olimpiadada og'ir atletika, engil atletika, erkin kurash, yunon rum kurashi, dzyudo, badiiy gimnastika, stol tennisi, boks, taekvando turlaridan 82 nafar o'quvchimiz ishtirok qilishdi. Jamoamiz umumiy hisobda 6 ta oltin, 5 ta kumush hamda 5 ta bronza medaliniqo'lga kiritdi hamda Republikadagi mavjud 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari orasida 4-o'rinni egalladi.

— Bugungi o'smirlar, yoshlar ertangi olimpiyachilarimizdir. Keling, olimpiya umidlarimiz va ularning muvaffaqiyatlari haqida ham qisqacha malumot berib ketsangiz...
— 2025 yil 28 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Ozarbayjonning Ganja shahrida bo'lib o'tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari o'yinlarida Navoiy OPSTTM o'quvchilari Diyorbek O'razboev stol tennisi bo'yicha bronza, Jasmina Jo'raqulova badminton sport turidan kumush, Jasmina Pirmamatova erkin kurashdan kumush, SHohrux Hamroev voleybol bahslarida bronza medaliga erishdi.

Qitamizning eng yirik musobaqalaridan bo'lgan III Osiyo yoshlar o'yinlarida Bahrayn davlatida tashkil etildi va unda O'zbekiston delegaciyasi 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o'rinni egalladi. Unda Marjona Abdumutalova og'ir atletika sport turidan ikki karra Osiyo yoshlar o'yinlari chempionligini qo'lga kiritdi.

Erkin kurash sport turidan Nurmanov SHahobiddin Nurmanov 48 kilogramgachavazn toifasida 2 o'rin kumush medalga sazovor bo'ldi. Ha aytgancha, Marjona Abdumutalova o'tgan yilning aprel-may oylarida Peruning Lima shahrida bo'lib o'tayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 59 kg vazn toifasida muvofaqiyatli eshtirok etib, dast ko'tarishda 88 kg, kumush, siltab ko'tarishda 102 kg og'irlikni o'ziga buysundirib, bronza medallariga sazovor bo'lgandi.

Quvonarlisi, Xitoyning SHenyang shahrida akademik eshkak eshish sport turi bo'yicha yoshlar (U-19) o'rtasida Osiyo chempionatida sportchilarimiz Savlat Musaev va Faridjon Ergashov oltin medal sohiblariga aylandi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turidan Tailandda bo'lib o'tgan yoshlar (U-18) o'rtasida Osiyo chempionati musobaqasida SHahrizoda Mavlonova K1-1000 metr, K1-500 metr hamda K2-500 metr masofalarda uchta oltin medalini qo'lga kiritdi.
SHuningdek, engil atletikachilarimizning ham ko'rsatkichlari yomon emas. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan U-18 Osiyo chempionatida qizlar o'rtasida Sadafbonu Nusratilloeva faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, Osiyo chempionati rekordini o'rnatdi. U shu bilan birga “sport ustasi” talabini bajardi. Ushbu musobaqaning o'g'il bolalar bahsida SHoxjahon Xayrullaev faxrli 2-o'rinni, Marjona Saydulloeva 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Greciyaning Afina shahri mezbonlik qilgan yunon-rum kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida yosh polvonimiz Bunyod Hasanov yuksak natijaga erishdi va oltin medalni qo'lga kiritdi!
Bizda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo'yicha ham olib borilayotgan chora-tadbirlar o'z samarasini bera boshladi. Jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasida V yozgi para Osiyo o'yinlarida Umidjon Eshboev Para pauerlifting bo'yicha 59 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medaliga sazovor bo'ldi...

Sport maskanida hayot qizg'in. Markaz direktorining tinib-tinchimasligi, talabchanligi ortidan jorriy yilgi natijalar ham bo'y ko'rsatib qoldi. Ortga nazar tashlasak, 2026 yil davomida Markaz o'quvchi-sportchilari tomonidan sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida 61 ta oltin, 69 ta kumush, 73 ta bronza medali qo'lga kiritildi. Qita musobaqalarida (chempionat va kubok) jami 5 ta medal, xalqaro turnirlarda esa ikkita oltin medaliga sazovor bo'lindi.

Demak, xalqaro maydonlarda mamlakat nufuzini yuksaltirishdek sharafli harakatlar davom etadi!






Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar