15 iyu 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev oktagonga qaytmoqda
Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev navbatdagi jangini iyul oyining oxiri avgustning boshlarida o'tkazadi.
Bu haqida Maxachevning menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
"Maxachev iyul yoki avgust oyida oktagonga chiqadi. Bu jang bo'yicha ishlayapmiz. Uning eng katta muammosi - raqib! Hozirgi sharoitda munosib raqib topish mushkul", — deya Magomedovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev aprel oyida UFC turnirlarining birida jang o'tkazishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab turnir bekor qilingandi. 28 yoshli Maxachev hisobida 19 ta jangdan 18 ta g'alaba bor. Bitta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar