02 apr 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev va Umar Nurmagomedovning janglari ham o'tkazilmaydi
18 aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan UFC 249 turniri doirasidagi yana ikkita jang bekor qilindi.
Dog'istonlik sportchilar - Islam Maxachev va Umar Nurmagomedov ishtirokidagi ikkita jang koronavirus pandemiyasi sabab o'tkazilmaydigan bo'ldi.
"Jamoa hech qaerga uchmaydi", - deyiladi har ikki sportchining jamoasi rasmiy bayonotida.
Maxachev UFC 249 turnirida amerikalik Aleksandr Ernandesga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Umar Nurmagomedov esa UFC promoushenidagi debyut jangini boshqa bir AQSH vakili Azur Xanter bilan to'qnash kelishi rejalashtirilgandi.
Havola :
Fikrlar