09 jan 08:34
Yangiliklar
Futbol
Ispaniya Superkubogi. "Real" "Atletiko"ni mag'lub etdi, finalda "El Klasiko" ko'ramiz
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.
O'yinning 2-daqiqasida Federiko Valverde jarima to'pidan ajoyib zarba yo'llab, Oblak darvozasini ishg'ol qildi. Rodrigo 55-daqiqada hisobni "Real" foydasiga oshirdi - 2:0. Aleksandr Sorlot shu goldan 3 daqiqada o'tib hisobni tenglashtirdi, ammo darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi - 2:1.
Endi "Real" Superkubok finalida "Barselona"ga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

Havola :
Fikrlar