17 mar 16:24
Yangiliklar
Futbol
Ispaniya terma jamoasi Argentina o'rniga tezda yangi raqiblar topdi
Mart oyidagi xalqaro o'yinlar oynasidagi asosiy voqealardan biri Finalissima – Ispaniya va Argentina o'rtasidagi bahs bo'lishi kerak edi. Biroq Yaqin SHarqdagi vaziyat tufayli o'yin bekor qilindi.
SHundan so'ng "qizil furiya" yangi raqiblar topdi: 27 mart kuni Serbiya milliy jamoasiga qarshi, 31 mart kuni esa Misr milliy jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Serbiya bilan uchrashuv qaerda o'tishi hali nomalum. Misr terma jamoasi esa bayonotida uchrashuv mashhur raqib maydonida, yani Ispaniyada bo'lib o'tishini malum qildi.
Bu taklif Ispaniya futbol federaciyasidan chiqqan bo'lib, "faraonlar" uni mamnuniyat bilan qabul qildi. Endi eng asosiy vazifa — Ispaniyaga safarni tashkil etish.
Havola :
Manba : Al Jazeera
Fikrlar