So’nggi yangiliklar

18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0

25 jan 18:02
Yangiliklar

Dzyudo

Isroil Gran-prisining ikkinchi kuni ham medal bo'lmadi

Teglar :  Dzyudo
Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bahslari bo'lib o'tmoqda.

-70 kg vazndagi dzyudochi qizimiz Gulnoza Matniyazovaning ikkinchi uchrashuvini o'tkazgani va yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda shveciyalik Anna Bernxolmga imkoniyatni boy berib qo'ygani haqida xabar bergan edik.

Hozirgina Gulnoza bronza medali uchun kechgan bahslarning dastlabkisida irlandiyalik Megan Fletcherga yutqazib qo'ydi va ettinchi o'rin bilan kifoyalandi. Endi aynan Megan bronza medali uchun daniyalik Emilie Sukka qarshi tatamiga chiqadi.

SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki o'z yakuniga etdi. Afsuski, bugun ham dzyudochilarimiz kunni medalsiz yakunlashdi. Isroil Gran-prisi joriy yil hisobidan ilk xalqaro turnir bo'lgani uchun ham dzyudochilarimizning natijalari murabbiylarimiz kutganchalik bo'lmayapti.

Garchi bugun Gulnoza Matniyazova medalsiz qolgan bo'lsa-da, Tokio-2020 Olimpiadasi uchun muhim hisoblangan 182 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. G'iyosjon Boboev esa 112 ochkoga ega bo'ldi.


O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing