29 mar 21:11
Yangiliklar

Isroil Madrimov bilan bir hafta: ESPN o'zbek bokschisi haqida katta maqola tayyorladi
Unda bokschimizning haftalik kun tartibi va jangga tayyorgarlik jarayoni haqida hikoya qilinadi. Qayd etish lozimki, translyaciya masalasida raqobatchi kompaniya - DAZN janglarida ishtirok etuvchi bokschi haqida bunday maqolalar ESPN tomonidan har doim ham yozilavermaydi. O'zbek boksi muxlislari uchun qiziqarli bo'lishini inobatga olgan holda, O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu maqolaning o'zbek tilidagi ko'rinishini etiboringizga havola qiladi. Demak, boshladik.
Frisko, Texas shtati. 29 fevral kuni "The Ford Center at the Star" arenasida Mayki Garsiya va Jessi Vargas o'rtasidagi jang o'tkazildi. Ushbu jang oqshomi doirasida 25 yoshli o'zbekistonlik prospekt Isroil Madrimov WBA kamari uchun eleminator jang o'tkazishi va unda CHarli Navarro bilan bahslashishi lozim edi.
Madrimov jahon boksining kelajagi porloq prospektlaridan biri sifatida ko'rilmoqda. Uni o'z vaqtida Timoti Bredli-kichik, Lukas Mattiss, Ruslan Provodnikov kabi bokschilarni tarbiyalagan Joel Diaz shug'ullantirmoqda. Diaz Madrimovni faoliyati davomida uchratgan eng zo'r tug'ma istedod sohibi deb ataydi.
O'zbekistonlik Madrimov Navarroga qarshi jangga 4-0 rekordi bilan etib keladi (4 ta g'alaba, 0 mag'lubiyat - izoh). Ushbu jangdagi g'alaba Madrimovni IBF va WBA kamarlari sohibi Jeyson Rosario, shuningdek WBA Regular kamari sohibi Erislandi Laraga qarshi bo'ladigan chempionlik jangiga yaqinlashtirardi.
Jang haftasi davomida ESPN bokschining tayyorgarlik jarayoni, hususan jamoaviy ovqatlanish, kechki mashg'ulotlar, vazn o'lchash va "Ford Center"dagi jangi kuzatib borildi.
CHorshanba
15:27
Jangga bag'ishlangan media-tadbir. Madrimov chapdan ikkinchida. U o'zining ajoyib kostyumi sabab "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirndan iliq so'zlarni qabul qilib olmoqda.
18:59
Diaz va Madrimov mashg'ulot o'tkazish uchun fitnes-markazda uchrashishdi. Bu safar vazn haydashda Madrimov u qadar qattiq ishlagani yo'q. Diazning aytishicha, bokschi ushbu haftaga kelib o'zining o'rta vazniga tushib olgan. Ushbu kechki mashg'ulotlar formani ushlab turish va tanada yig'ilgan suv massasini tushirishga mo'ljallangandi.
Diaz Madrimovning Cybex mashinasida o'tirganida Madrimovning qo'lini ushlab olgan. Bokschining menejerlaridan biri Alik Frolov esa bu vaqtda yugurish yo'lakchasida shug'ullanardi.
Isroil Madrimovning kuch va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Ben Ernandes unga yordam bermoqda.
19:47
25 daqiqalik mashg'ulotdan so'ng Madrimov Diaz bilan ishlash uchun o'z qo'lqoplarini kiymoqda. Murabbiy unga jang vaqtida qay tarzda nafas olish lozimligini tushuntirmoqda.
"Navarro uzun, u asosan chap tomondan harakatlanadi", - deydi Diaz. Ular malum kombinaciyani takror va takror ishlashardi.
Madrimov ishlayotganida Diaz bokschini Gennadiy Golovkin va Vasiliy Lomachenkoga qiyosladi. Uning aytishicha, Madrimov oldinga borganida murabbiyni "eb qo'ymoqda". "Lapa" ushlaganda hech qachon boshqa bokschi bilan bunday holat yuzaga kelmagandi.
Madrimov yakka o'zi ishlab, orada raqs ham tushib qo'yyardi. Bu bir necha raund davom etdi. Kayfiyat shu darajada ediki, Madrimov o'zining "tashrif qog'ozi"ga aylanib ulgurgan saltoni ham amalga oshirardi.
"U gimnastika bilan shug'ullangan", - dedi Diaz.
Ushbu seans yarim soatlik chigalyozdi mashg'ulot va Ernandes boshchiligida Madrimovning mushaklariga kuch beruvchi bilan yakunlandi
Birinchi kun yakunlandi.
Payshanba
9:25
Madrimov mashg'ulotni yugurish yo'lakchasidagi 30 daqiqalik yugurish bilan boshladi.
Uning jamoasi esa bir kun oldingi mashg'ulot jarayonini tahlil qilardi. Bu orada menejer Alik va murabbiy Ben Ernandes o'zaro bahslashib qolishdi. Hazil tariqasidagi ushbu "spor"dan so'ng boshqa bir murabbiy Fernandes Madrimovning oldiga kelib, ertalabki chigalyozdi mashg'ulotlarni bajarishiga yordamlashdi.
10:40
Jamoa azolari mehmonxonadagi o'z xonalariga yo'l olishdi. Imkoniyatdan foydalangan Diaz esa o'zining jangovar hususiyatlarini namoyon etdi.
Siz jang vaqtida Diazni burchakda ko'rganingizda, alohida belgilar orqali darhol tanib olasiz. U cho'ntaklari ko'p kiyimda va orqasiga "Joel Diazning mashg'ulot lageri" degan kiyimda bo'ladi. Aslida o'sha kiyim konchilarga mo'ljallangan.
"Men qaerda nima borligini juda yaxshi bilaman", - deydi Diaz paxtadan tortib, dorilarni ko'rsatar ekan. Diaz ushbu kiyimiga shu qadar o'rganib ketganki, jang vaqtida qaysi cho'ntakdan nima olish kerakligini tezkorlik bilan hal qila oladi. Yani, cho'ntak ko'pligiga qaramay narsalarini izlab o'tirmaydi.
"Xonamdan chiqib ketar ekanman, barcha narsa yonimda ekanligiga ishonch hosil qilishim lozim", - dedi u.
Uning yana bir narsasi bor: Fasol uchun mo'ljallangan "Frito Lay" bankasi. Unga ushbu bankani afsonaviy CHak Bodak sovg'a qilgan. Muz bo'laklari jang vaqtida bokschining yuzida muammolar maydo bo'lmasligi uchun yaxshigina foyda beradi. Uning aytishicha, ushbu idish alyumindan tayyorlanganligi uchun, muzlarni eritmay saqlab qoladi. Bu esa juda muhim.
Bodak Diazga ishni tashkil etish bo'yicha ko'p narsa o'rgatgan. Diaz jangga yo'l olar ekan, uning kiyimi ham o'zi bilan birga harakatlanadi. CHo'ntagidagi buyumlarni yo'lda tushirib qo'yish yoki yo'qotib qo'yishga uning umuman haqqi yo'q.
18:02
Kunning asosiy qismida dam olgan Madrimov va uning jamoasi "Omni" mehmonxnasidagi "Cobalt Room"ga etib borishdi. U erda DAZN vakillari bokschilar bilan muloqot qilib, translyaciya paytida foydalanish uchun kerak bo'ladigan malumotlarni olishmoqda.
Madrimov esa yuqoriga intilishda davom etishni istayotganini takidlaydi.
"Men chempionlik jangi sari harakatlanayotganimizdan xursandman. Rosarioga qarshi jang qilishni judayam istagandim".
Intervyu bir necha daqiqa davom etdi. Bu esa translyaciya jamoasi uchun shu vaqt etarliligi, Madrimov hozircha uzoq yo'lning boshida ekanligini bildiradi. Lekin hali shunday vaqt keladiki, u ishtirokidagi intervyular, uchrashuvlar uzoq vaqt davom etadi.
19:03
Madrimov mashg'ulot zaliga etib bordi. Yugurish yo'lakchasida esa uning oldida bunday jarayonni prof boksda 50 martadan ko'p boshidan o'tkazgan "Chocolatito" turardi.
"Men bu erda bo'lishim shart emas. SHunchaki murabbiy bo'lganim va bu erda bo'lishim kerakligi uchun shu erdaman. Isroil borasida boshqalardek havotir olmasam ham bo'laveradi", - deydi Diaz.
Madrimov erga yotdi. Ernandes massajyor bilan, Frolov esa bokschi tanasining boshqa qismlari bilan ishlab, unga yordam berishdi. Bu esa mashg'ulot yakuniga etayotganidan darak berardi.
SHundan so'ng barcha tarqaldi.
Juma
9:27
Madrimovning jamoasi bokschining mehmonxonadagi xonasida yig'ilmoqda. Bokschining divanida esa o'ziga tegishli WBA International kamari yotardi.
Och qizil rangdagi bir-hil liboslarni kiyib olgan jamoa azolari pastga tushib ketishdi. Vazn o'lchash oldidan ular ushbu mavzu borasidagi bir qancha masalalarni muhokama qilishdi.
10:04
Madrimov 153,2 funt vazn qayd etdi. "Bu baquvvat nonushtadan so'ng", - deydi Frolov.
Madrimov 147 funt vaznni ham amallay oladi. Lekin, uning jamoasi ushbu diviziondagi siyosiy muammolarni yaxshi tushunadi va chempionlik kamarini qo'lga kiritish uchun birinchi o'rta vaznni eng maqul variant deb hisoblaydi.
Diaz "Star Ballroom"dan qaytgunicha, Frolov o'zi bilan olib kelgan salatni Madrimovga berayotgandi. Orada bir necha muxlislar u bilan suratga tushgani kelishdi.
16:14
Deyarli yarim kun vaqt o'tdi. Bokschilar tarozidan o'tib bo'lganliklariga qaramay, "Ford Center"dalar. DAZN o'z tadbirlarini yakunlab olmagunicha, ular xech qaerga keta olmaydilar.
18:34
Kayfiyat joyida, endi barcha xotirjam. Jamoa kechki ovqatni tanovvul qilmoqda.
Ovqatdan so'ng Madrimov va uning jamoasi arena atrofini aylanishdi. Bunday vaqtda odatda ko'pchilik dam olishni maqul ko'radi. Ammo qon aylanishi kamaymasligi uchun Isroil faolroq bo'lishga intiladi.
21:15
Madrimov xonasiga qaytdi. Unga mevali salat olib kelib berishdi. Vazn o'lchash marosimi ertalab o'tib bo'ldi, shu sababli bokschilar kun davomida istaganlaricha narsalar eyishligi mumkin.
"Bu kun davomida eyilgan ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Bokschilar bir necha hafta davomida qiynalib vazn tashlaganlari uchun, tarozidan so'ng ko'p ovqat eb yuboradilar. Bu esa oshqozon tizimida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Biz ertalabgacha barchasi joyida bo'lishini istaymiz.
Endi faqat bir narsa qoldi - jang qilish!
SHanba
15:27
Sokinlikda o'tgan kunning birinchi yarmidan so'ng Madrimov va uning jamoasi "Ford Center"ga yo'l olmoqda. Ular brasletlar olish uchun borishdi. Bu orqali sportchilar arenaga kira olishlari mumkin.
Diaz va Madrimov o'zlari uchun belgilangan kiyinish xonasiga etib kelishdi. Borishganida Diego Pacheko endi etib borgan ekan. Biroz o'tib ularga Yafai va Xarris ham qo'shildi. Diaz u erda o'zlari uchun maqul joyni tanlab oldi.
Diaz idishni muz bilan to'ldirdi va bir necha shisha idishda suvlar oldi.
"Bizga o'zimiz bilan muz va suvlarni olib kelishga ruhsat berishmaydi", - deya holatga izoh berdi Diaz.
Murabbiy turli idishdagi suvlarni turli haroratda saqlardi. Ulardan biri maxsus muzlatilgandi. "Agar bokschim jarohat olsa, uni "uyg'otib yuborish" uchun boshi va bo'yniga qo'yaman".
15:59
Madrimov - musulmon va kuniga bir necha marotaba ibodat qiladi. U o'z joynamozini oldi va namoz o'qishni boshladi.
Bir necha daqiqadan so'ng nazoratchi qo'lida ikkita bo'sh idish bilan kelib, Madrimovdan doping tekshiruv uchun namunalar berishni so'radi.
16:06
Diaz Madrimovni tayyorlamoqda. Orqada esa Pachecho shug'ullanmoqda. Madrimov jamoasining kayfiyati yaxshi.
Xonaga Texas sport komissiyasi plastik paketga solingan Grant qo'lqoplari bilan kirib keldi. Madrimov jang vaqtida aynan ushbu qo'lqoplardan foydalanadi. Diaz ularga "qurollar" deb tarif berdi. Raqib ushbu qo'lqoplarni bog'lashayotgani haqida xabar berishganida, Diaz ko'rish uchun Navarroning kiyinish xonasiga yo'l oldi.
16:18
Madrimov DAZN jurnalisti Klaudiya Trejesga intervyu bermoqda. Diaz qaytdi va Navarroning qay tarzda qo'li bog'langani haqida Frolovga gapirdi.
16:33
Diaz ehtiyotkorlik va diqqat bilan Madrimovni qo'lini bint bilan bog'lamoqda. Bu uzoq yillik tajribadan so'ng sanat asariga aylanib bo'lgandi. Bu vaqt ichida Diaz ora-orada "Barchasi joyidami?" degan savolni berib qo'yardi.
Ushbu jarayonni inspektor Arturo Martines va Navarroning vakili ham kuzatib turardi.
Qo'l Diazdek tajribali murabbiy tomonidan bog'langanida, u qurol kabi bo'ladi. Ammo bu masuliyatli jarayon - har bir qadam qo'lni himoyasini taminlaydi.
16:44
"Bizda yana 30 daqiqa qoldi", - dedi Diaz.
16:49
"Bizda 20 daqiqa bor", - deya Diaz xonadagilarni ogohlantirdi. Madrimov qizib olish mashqlarini boshladi, xonada sakray boshladi, temp va tezlikka ishladi.
17:06
Diaz Frolov va Ernandesni chaqirib, ring burchagida bajariladigan ishlar bo'yicha topshiriqlarni berdi. Unga ko'ra Alik shvabrani oladi, Ernandes esa gongdan so'ng stulni chiqarishga javobgar. Bu vaqtda Diaz bokschining chap tomonidan ringga tushib oladi.
Frolov Madrimovning tanasiga engil vazilin sura boshlaydi.
17:27
Madrimovni oldiga qo'lqoplarni tekshirgani kelib ketishdi.
"Biz keyingisi", - dedi Frolov. Xonadagilar huddi bosim ostida edilar. CHunki, istalgan vaqt ularni ringga chaqirib qolishlari mumkin edi.
17:45
Diaz Madrimov bilan tezkor harakatlar bo'yicha ishlamoqda. Zarbalar natijasida chiqayotgan ovoz devorlardan aks-sado sifatida qaytib kelardi.
18:08
"Taxminan ikki daqiqadan so'ng chiqamiz", - degan xabar keldi DAZN prodyuseridan.
Jamoa arenaga chiqish joyiga etib keldi. U erda kameralar va qo'riqchilar turishardi. Madrimov esa o'zi uchun belgilangan joyga o'tib bordi.
18:20
Birinchi raund boshlandi. Madrimov harakatda. Oradan bir daqiqa o'tib u chap qo'l hujumga o'ta boshladi. Navarroga zarbalar berildi.
"Good work" (Yaxshi ish) dedi Diaz bokschi birinchi raunddan so'ng o'z burchagiga qaytib kelar ekan. Yodda tut - fint, fint va zarba.
18:39
Oltinchi raund oldidan Madrimov stulga o'tirar ekan, Diaz so'radi: "O'zingni yaxshi his qilyapsanmi?". Frolov esa unga quyidagi so'zlarni etkazdi: "U boshqa istamaydi. Zarbalarni ber. U boshqa urushishni istamayapti. Boshla Isroil. Tugatib qo'y, kettik!".
Diaz Madrimovga suvni berar ekan shunday dedi: "Ishga kirishamiz".
18:41
Madrimov oltinchi raundni chap qo'l harakati va to'g'ri zarbalar bilan boshladi. Nihoyat raundga 55 soniya qolganida Navarro kuchli zarbani o'tkazib yubordi. Og'riq qanday bo'lgani Navarroning yuzida aks etardi. Lekin, u oyoqqa tura oldi. Bir necha soniyadan so'ng o'tkazilgan keyingi zarbada esa u yiqildi va Ramos jangni to'xtatdi.
Madrimov esa ring markaziga borib, o'zining ajoyib saltosini ko'rsatdi. Navarro Madrimovga tajriba to'plashda yordam berdi.
Diazning aytishicha, bu Golovkin va Lomachenkoning kombinaciyasi. SHuningdek, Terens Kroufordning uslubidan ham nimalardir bor. Bundan tashqari u Emanuel Avgustusni ham eslab o'tdi.
18:51
Kiyinish zonasiga qaytgandan so'ng, Diaz Madrimovning qo'lini bo'shatdi.
Xonaga promouter Eddi Xirn kirib keldi va Madrimovni ushbu ajoyib chiqish bilan tabrikladi. U Isroilga yozda O'zbekistondagi jang oqshomida, Murodjon Ahmadalievning himoya jangida ham ringga chiqishi mumkinligi haqida gapirdi.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar