22 may 21:45
Yangiliklar

Isroil Madrimov kelasi besh yil uchun rejalari haqida gapirdi
"Avvaliga birinchi chempionlik kamarimni qo'lga kiritmoqchiman, shundan so'ng kamarlarni birlashtirib, mutlaq chempion bo'lmoqchiman. Ushbu divizionda ajoyib janglar ko'p bo'ladi, chunki yaxshi jangchilar ko'p. Lekin men eng yaxshisi ekanligimni isbotlamoqchiman. SHuningdek, Errol Spens va Denni Garsiya kabi bokschilar 154 funtga ko'tarilishsa, ular bilan jang qilishni istardim. Agar 147 (-66,6 kg) funtdagi bokschilardan kimdir men bilan jang qilishni istasa, muammo yo'q. Men yarim o'rta vaznga tusha olaman va biz jang qilishimiz mumkin.
154 funtdagi (-69,8 kg) maqsadimga etganimdan so'ng o'rta vaznga o'tishni istardim, lekin hozircha bu haqida o'ylayotganim yo'q. 160 funtga (-72,5 kg) chiqish uchun vaqt kerak, jismoniy tomonlama ham kuchayish kerak. Menga vazn yig'ish uchun vaqt kerak bo'ladi, chunki u erda kuchli jangchilar ko'p. Men qachonlardir o'rta vaznda ham sovrinlar uchun kurashmoqchiman. Kelajakda", - dedi Madrimov.
Fikrlar