29 may 00:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi
Professional bokschimiz Isroil Madrimov 8 iyun kungi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra hamyurtimiz o'sha kuni meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Norberto shu kungacha prof boksda 35 ta jang o'tkazib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan (13 ta nokaut). 12 marotaba mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut). Isroil Madrimov esa prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Eslatib o'tamiz, jang 8 iyun (Toshkentda 9 iyun tongida) Nyu-York shahridagi mashhur "Medison Skver-Garden"da o'tkaziladi. Jang oqshomining markaziy to'qnashuvi qozog'istonlik Gennadiy Golovkin ishtirokida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar