29 apr 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov WBA chempioniga qarshi jang qilishni istamoqda
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, professional charm qo'lqop ustasi Isroil Madrimov Jeyson Rosario bilan jang qilishni istamoqda.
Bu haqida "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi malum qildi.
"Men jahon chempionligi kamari uchun jang qilishga tayyorman. Keyingi jangimni WBA kamari sohibi Jeyson Rosarioga qarshi o'tkazmoqchiman. U Julian Uilyams ustidan chiroyli g'alabaga erishdi. Lekin, men uni mag'lub eta olishimga ishonchim komil. Boks qaytganida men chempionlik uchun harakat qilaman. sovrinni qo'lga kiritish uchun motivaciyam yanada kuchaygan. Indioga qaytib, mashg'ulot lagerini boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman" - dedi Madrimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar