So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

23 may 18:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimov Xorazm sport boshqarmasida bo'ldi

Teglar :  BoksIsroil Madrimov
Bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan xivalik Isroil Madrimovning yutuqlari mamlakatimiz boks ixlosmandlarini juda quvontirmoqda.

Ayni damda, u  havaskorlar o'rtasida Osiyo chempionati va Osiyo o'yinlari oltin medali sohibi, qator xalqaro turnirlar g'olibi va sovrindori, qolaversa, professional boks olamining WBA inter-continental kamari egasi hisoblanadi. 

Endilikda, bokschimiz IBF va WBA talqinlari bo'yicha jahon chempioni Jeyson Rosarioga qarshi jangga hozirlik ko'rmoqda. Buning barobarida, Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritish ishtiyoqida musobaqalarga qizg'in tayyorlanyapti.

Isroil Madrimov karantin davrida uyida bo'lib turgandi. Fursatdan foydalanib, u bir necha kun avval o'zining birinchi treneri Bahrom Quryozov bilan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga tashrif buyurib, u erda boshqarma boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Artik Palvanov bilan uchrashdi.

O'zaro suhbat chog'ida professional bokschimiz uy sharoitida trenerlari tomonidan berilayotgan maxsus dastur asosida yakka tartibda o'tkazayotgan mashg'ulotlar jarayoni, kelgusi rejalari va maqsadlari haqida  so'zlab berdi. 

O'z navbatida voha sporti rahbari  taniqli bokschimizga kelgusida ham o'zbek sporti  dovrug'ini yanada baland ko'tarishiga tilak bildirdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing