18 iyu 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning sobiq raqibi prof ringda debyut qiladi
Qozog'istonlik bokschi Tursunboy Qulaxmet 18 iyul kuni Almatida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi.
MTK Kazakhstan kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan shouda Qulaxmet boshqa bir qozoq bokschisi Sagadat Raxmatqulovga qarshi jang qiladi.
Malumot uchun, Qulaxmet Osiyo chempioni va Jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.
U havaskor boksda hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan ikki marotaba to'qnashgan. Ularning birida Madrimovning g'alaba qozongan bo'lsa, o'tgan yilgi Osiyo chempionatida hakamlar Qulaxmetni g'olib sifatida qayd etishgandi.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar