09 iyu 17:10
Yangiliklar
Istanbul 2032 yilgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun buyurtma beradi
Bu haqda Turkiya Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Hasan Arat bayonot berdi. Xasan Aratning aytishicha, avval 2020 yilgi Yozgi Olimpiadani o'tkazishga davogar bo'lgan uning mamlakati 2032 yilda jahonning eng nufuzli musobaqalarini yuqori darajada tashkil etishga tayyor.
«Bu to'g'risidagi qaror davlat darajasida qabul qilindi. SHahar tayyor, Istanbul Olimpiya o'yinlarini qabul qilishi kerak. Ishonamanki, Turkiya Olimpiya ishtiyoqidan hech qachon qaytmaydi», – dedi Hasan Arat.
Eslatib o'tamiz, 2013 yil yakuniy ovoz berish bosqichida Istanbul Tokioga 60:36 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. 2032 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun esa Hindiston va Avstraliya ham raqobat olib borishga hozirlanmoqda.
Fikrlar