10 fev 17:05
Yangiliklar
Tennis

Istomin Franciyadagi turnirda kortga chiqdi
Franciyaning SHerbur shahrida "CHellenjer" turkumiga kiruvchi "Cherbourg Challenger 100" turniri boshlandi.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Istomin ilk o'yinini amerikalik Nataniel Lammonsga qarshi o'tkazdi. Biroz avval yakunlangan uchrashuv 3 set davom etdi. Ushbu bahsda tennischimiz 6/3, 5/7, 6/4 hisobida g'alaba qozondi va keyingi davraga yo'l oldi. Bahs 1 soat 38 daqiqa davom etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar